Новости

Последние новости

янв.21
🔽Hazorman mahallasidagi ichki yo‘llar deputat nazoratida
янв.21
🔰Elektr ta’minoti — deputatlik nazoratida
янв.21
🔽Kambag‘allikdan farovonlik sari
янв.21
🔰Xotin-qizlar faoli faoliyati va muammolari o‘rganildi
янв.21
🔽Yoshlar bandligi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar murojaatlari va takliflari – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish masalalari – doimiy komissiya e’tiborida
янв.21
🔰Ekspert guruhi faoliyati: masalalar tahlil va muhokama qilindi
янв.21
🔰Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari muhokama qilindi
янв.21
🔰Yoshlar – intellektual salohiyat va tashabbuslar tayanchi
BUGUN — O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING BIRINCHI PREZIDENTI ISLOM ABDUG‘ANIYEVICH KARIMOV XOTIRASI KUNI

BUGUN — O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING BIRINCHI PREZIDENTI ISLOM ABDUG‘ANIYEVICH KARIMOV XOTIRASI KUNI

🇺🇿 Bugun, 2-sentabr — mustaqil O‘zbekiston davlatining asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov vafot etgan kun.

Islom Abdug‘aniyevich Karimovning mustaqil O‘zbekistonni barpo etish, mamlakatimizning davlat suverenitetini mustahkamlash, hududiy yaxlitligini ta’minlash, xalqaro maydonda O‘zbekistonning munosib o‘rin egallashiga erishish, yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni qaror toptirish borasidagi tarixiy xizmatlari xalqimiz xotirasida mangu saqlanadi.

Mustaqillikning dastlabki va murakkab yillarida mamlakatimiz oldida turgan ulkan vazifalarni amalga oshirish, milliy davlatchilik asoslarini shakllantirish, iqtisodiy va ijtimoiy hayotda tub islohotlarni amalga oshirish, xalqimizning o‘zligini, milliy qadriyatlari va boy tarixiy merosini tiklash yo‘lida Islom Karimovning faoliyati alohida ahamiyat kasb etdi.
Birinchi Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan Vatan ravnaqi, xalq farovonligi, tinchlik va barqarorlik kabi ezgu g‘oyalar mustaqillik yillaridagi taraqqiyot jarayonlarida muhim o‘rin tutdi.

Bugun Islom Abdug‘aniyevich Karimov xotirasini yod etar ekanmiz, u kishining Vatan va xalq oldidagi xizmatlarini chuqur hurmat bilan eslaymiz. Zero, tarixda xalq taqdiri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan siymolar nomi va ezgu ishlari avlodlar xotirasida hamisha yashaydi.

🕊 Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimovning yorqin xotirasi qalblarimizda hamisha barhayot.