35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
#deputat_faoliyati
янв.21
Namgoni, Yobu va Qurilish qishloqlarida suv ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
Nosoz gaz quvurlari bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Istiqlol mahallasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim sifati va qamrovi kengaymoqda.
янв.21
Ko‘libolo va Oxshix qishloqlarida elektr ta’minoti masalasi deputat nazoratida
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot: murojaatlar e’tibor markazida
янв.21
Istiqlol mahallasida Senat Kengashi qarori targ‘iboti o‘tkazildi
янв.21
Mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari: mablag‘lardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi
Istiqlol mahallasida Senat Kengashi qarori targ‘iboti o‘tkazildi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Norov hamkorligida Istiqlol mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning «mahalla yettiligi» bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V-sonli qarori mazmun-mohiyati targ‘ib qilindi.
📌Tadbir davomida mazkur qarorda belgilangan vazifalar, xususan, mahallalarda aholi bilan samarali muloqot o‘rnatish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etishda mahalliy Kengash deputatlarining faol ishtirokini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📌Shuningdek, deputat va “mahalla yettiligi” o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish hamda ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan tushuntirishlar berildi.
📌Bunday targ‘ibot tadbirlari mahalliy Kengash deputatlarining aholi bilan bevosita ishlash samaradorligini oshirish, hududdagi muammolarni manzilli hal etish va mahalla taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 3