35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

5-BAND IJROSI: Ijtimoiy himoya masalalari o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Tavsiyalarning 5-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida deputat N. Dusmurodov tomonidan Mang‘itoboda mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati, aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati va samaradorligi ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarni tayinlash hamda to‘lash jarayonlari, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
📌 O‘rganishdan asosiy maqsad — ijtimoiy xizmatlarning manzilliligi, shaffofligi va samaradorligini ta’minlash, aholining ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan yordamlarni yanada takomillashtirishdan iborat.

Slide 1 of 3