Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
🔺Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tumani Kengashining 16-Obod saylov okrugi deputati I.Saidaxmedov nomidan Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Eshov tomonidan Kengash ish rejasiga muvofiq "Obod" MFYda o‘rganish ishlari olib borildi.
🔺O‘rganish jarayonida hokim yordamchisi tomonidan 2026-yil boshidan mahallada istiqomat qiluvchi fuqarolarning bandligini ta’minlash,oilalarni kambag‘allikdan chiqarish, r fuqarolarga imtiyozli kreditlar ajratish orqali tadbirkorlikni rivojlantirish hamda fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi. Shu bilan birga, aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish, ishsiz fuqarolarni doimiy daromad manbaiga ega qilish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi.
🔺“Ijtimoiy daftarlar” ro‘yxatlarga kiritilgan fuqarolar bilan ishlash holatlariga ham alohida e’tibor qaratilib, 25 nafar fuqarolar bilan ijtimoiy shartnoma tuzilganligi e’tirof etildi.
🔺Uchrashuv yakunida aholi bandligini oshirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!