35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

❗️ Deputat T. Ahmedova fuqaro murojaatini joyida o‘rgandi

🏛 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati T. Ahmedova Jo‘rabek mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro bilan uchrashib, uning murojaatini o‘rgandi.

📝 Muloqot davomida fuqaro Obisher ko‘chasida kanalizatsiya tarmog‘i mavjud emasligi sababli yuzaga kelayotgan muammolarni ma'lum qildi. Mazkur murojaat deputat tomonidan "deputat daftari"ga qayd etilib, uni hal etish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborish hamda ijrosini deputatlik nazoratida olib borish belgilandi.

🤝 Fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, ularning murojaatlarini joyida o‘rganish va amaliy yechim topishga ko‘maklashish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Slide 1 of 1