35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi – deputat nazoratida
янв.21
Ijtimoiy yordamga muhtoj fuqarolar e’tiborda
янв.21
Navgadi mahallasida investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi o‘rganildi
янв.21
🔰Ko‘p qavatli uylar atrofidagi obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
🔰Bolalar salomatligi – doimiy e’tiborda
янв.21
🔰Xalqaro ta’lim dasturi doirasidagi faoliyat o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 21-25 sentabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
Mikroloyihalar ijrosi – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Ichki yo‘llar infratuzilmasi – deputatlar e’tiborida
ZARQO‘RG‘ON MAHALLASIDAGI TIRBANDLIK VA YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 8-tavsiyaga muvofiq, mahalla ichki ko‘cha yo‘llari holati, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda tirbandliklarning oldini olish masalalari yuzasidan Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 24-Botirma saylov okrugi deputati, Adolat SDP a'zosi Tashmuhammedova Muhabbat Baxtiyorovna hamda Chilonzor tumani IIO FMB boshlig‘i F. G‘iyasov ishtirokida Zarqo‘rg‘on mahallasida joyiga chiqib o‘rganish o‘tkazildi.
O‘rganish davomida mahallaga kirish yo‘lining torligi sababli transport vositalari harakati murakkablashayotgani, ayniqsa, ushbu ko‘chada 2 ta umumta’lim maktabi va 2 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti joylashgani bois ertalab va kechki paytlarda avtomobillar oqimi keskin ortib, tirbandliklar yuzaga kelayotgani qayd etildi.
Mahalla ahli tomonidan haydovchilar o‘rtasida yo‘l talashish holatlari ko‘paygani, buning natijasida yo‘l-transport hodisalari xavfi ortayotgani hamda jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani yuzasidan e’tiroz va takliflar bildirildi.
Muhokama yakunida transport harakatini tartibga solish, tirbandliklarni kamaytirish, piyodalar, ayniqsa, bolalarning xavfsiz harakatlanishini ta’minlash hamda yo‘l infratuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha tegishli mas’ul tashkilotlarga aniq vazifalar yuklatildi. Belgilangan chora-tadbirlar ijrosi deputat nazoratiga olinib, muammoni bartaraf etish yuzasidan amaliy ishlar bosqichma-bosqich olib borilishi belgilandi.

Slide 1 of 3