Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
Kotib

O‘zbekistondagi siyosiy partiyalar xotin-qizlarning jamiyat va davlat boshqaruvidagi faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda huquqlarini himoya qilish bo‘yicha maxsus tuzilmalar va qanotlarga ega. Har bir partiya o‘z dasturidan kelib chiqib ayollarning bandligi, tadbirkorligi va siyosiy savodxonligini yuksaltirish ishlarini olib boradi.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi tomonidan xotin-qizlar faoliyatiga doir tadbir tashkil etildi. Unda partiya faollari, partiyadan saylangan mahalliy Kengashlar deputatlari hamda hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Tabirda partiya tuman Kengashi raisi Kurbanova Shoxzoda Nashpanovna tadbir ishtirokchilariga xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, gender tenglikni mustahkamlash, ularning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirishga qaratilgan ishlar hamda bu yo‘nalishda qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati yuzasidan atroflicha ma’lumot berdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar, partiya elektorati hisoblangan ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni qo‘llab – quvvatlash, ularni ijtimoiy-siyosiy faol shaxsga aylantirish, shuningdek, zaxiradagi faol xotin-qizlarning siyosiy faolligini oshirish maqsadida tizimli o‘quvlar tashkil etib borish va boshqa bir qator takliflarni berishdi.

Muloqot savol-javob, fikr-mulohaza, taklif va tavsiyaga boy tarzda o‘tdi.

Slide 1 of 3