35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

Mahalladagi tadbirkorlik va bandlik masalalari o‘rganildi

Mahalladagi tadbirkorlik va bandlik masalalari o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati M. Altibayeva tomonidan Paxtachi mahallasida hokim yordamchisi faoliyati hamda aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi daromadlarini oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, deputat yaqinda 270 million so‘mlik kredit mablag‘lari asosida parrandachilik faoliyatini boshlagan xonadonlar faoliyati bilan tanishdi.

Xonadonlarda yaratilgan sharoitlar, parrandalarni parvarishlash jarayoni, ishlab chiqarish imkoniyatlari hamda kelgusidagi rejalar o‘rganildi.

Uchrashuv davomida tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish, mavjud muammolarni bartaraf etish va qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Slide 1 of 5