35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

Suv resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha deputatlik nazorati davom etmoqda

Suv resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha deputatlik nazorati davom etmoqda

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan “O‘zbekiston–2030” strategiyasining suv resurslaridan foydalanish yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish holati to‘g‘risida”gi masala yuzasidan deputat nazorati doirasida o‘rganish olib borilmoqda.

O‘rganishda Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati M. Pardayev tomonidan Olti Qahramon MFY da joylashgan Halilov Suyun boshqaruvidagi “Gulxayyo–Dilnoza” fermer xo‘jaligi ko‘zdan kechirildi.

Joriy yilda foydalanishga topshirilgan sun’iy sug‘orish inshootidan foydalanish holati, uning samaradorligi, qishloq xo‘jaligi ekinlarini suv bilan ta’minlashdagi ahamiyati o‘rganildi.

Deputat fermer xo‘jaligi raisi va mahalla raisi bilan suhbatlashdi.

Mazkur sug‘orish inshootining qiymati 1 milliard 200 million so‘mni tashkil etadi.

Slide 1 of 5