Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga Oʻzbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Rajabov, partiyaning Bekobod tumani Kengashi raisi J.Esonov hamda Kengash kotibiyatining bosh mutaxassisi A.Utegenov "Bog‘ishamol" mahallasidagi savdo do‘konlarida o‘rganish olib bordi.
Monitoring davomida aholi iste’moli uchun zarur bo‘lgan asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining narx-navosi, ularning do‘konlardagi mavjudligi hamda savdo jarayonidagi holat o‘rganildi.