35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

Davlat tiliga oid talablar ijrosi o‘rganildi

Davlat tiliga oid talablar ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Turayev tomonidan Istiqbol mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla binosida joylashtirilgan bannerlar, targ‘ibot materiallari hamda davlat ramzlaridan foydalanish holati ko‘zdan kechirildi.

Bunda axborot va ko‘rgazmali vositalarning davlat tilida, amaldagi me’yoriy talablarga muvofiq rasmiylashtirilganligiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, davlat tilining nufuzini oshirish hamda ish yuritishda davlat tili talablariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1