35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

📍 Saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat S.Lyu tomonidan "Terakzor" mahallasi aholisi bilan 2026-yilning II choragi yakunlariga bagʻishlangan uchrashuv oʻtkazildi.

Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, ularning dolzarb masalalar yuzasidagi fikrlari oʻrganildi. Shuningdek, Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining navbatdagi 30-sessiyasida koʻrib chiqilishi rejalashtirilgan tuman Ichki ishlar boʻlimi, Soliq inspeksiyasi hamda Iqtisodiyot va moliya boʻlimi rahbarlarining hisobotlari yuzasidan saylovchilarning taklif va mulohazalari eshitildi.

Aholi bilan ochiq muloqot qilish, ularning fikr va tashabbuslarini oʻrganish hamda hududdagi dolzarb masalalarga yechim topish deputatlik faoliyatining muhim yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.

Slide 1 of 5