35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

#munosabat

Bugungi kunda Italiya, Falastin, Saudiya Arabistoni, Kuvayt, Jazoir, Malayziya, Pokiston, Ozarbayjon va Qozog‘iston kabi davlatlar bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish iqtisodiyot, investitsiyalar, ta’lim, turizm va madaniy aloqalarni kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

🔹Biz, mahalliy Kengash deputatlari ham yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va xalqaro hamkorlik natijalarini joylarda samarali ro‘yobga chiqarish, hududlarga investitsiyalarni jalb etish, aholi farovonligini oshirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qiladigan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga mas’ulmiz.

🔹Mamlakatimizning xalqaro hamkorligi qanchalik mustahkam bo‘lsa, hududlarimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, xalqimizning farovon hayoti va Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti uchun shunchalik keng imkoniyatlar yaratiladi.