35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
#deputat_faoliyati
янв.21
Namgoni, Yobu va Qurilish qishloqlarida suv ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
Nosoz gaz quvurlari bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Istiqlol mahallasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim sifati va qamrovi kengaymoqda.
янв.21
Ko‘libolo va Oxshix qishloqlarida elektr ta’minoti masalasi deputat nazoratida
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot: murojaatlar e’tibor markazida
янв.21
Istiqlol mahallasida Senat Kengashi qarori targ‘iboti o‘tkazildi
янв.21
Mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari: mablag‘lardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi
“O‘zbekiston–2030” strategiyasi ijrosi deputatlik nazoratida

“O‘zbekiston–2030” strategiyasi ijrosi deputatlik nazoratida

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan “O‘zbekiston–2030” strategiyasining suv resurslaridan foydalanish yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish holati to‘g‘risida”gi masala yuzasidan deputatlik nazorati doirasidagi o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Mazkur o‘rganishlar doirasida Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati D. Jabborova tomonidan Xonchorbog‘ mahallasining Vatanparvar-1 ko‘chasida yashovchi ko‘chaboshi Ismatov Narzullo hamrohligida namunali va eng obod xonadonlardan birida bo‘linib, tomorqa va sug‘orish tizimi holati bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganish davomida xonadonda suvdan oqilona foydalanish, tomorqa maydonlarini samarali sug‘orish, mavjud sug‘orish tizimining holati hamda suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llash amaliyoti ko‘zdan kechirildi.

Slide 1 of 4