#kunlik_ish_reja_ijrosi
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#deputat_faoliyati
#24_ta_masala
Mahallada Ko'chama -ko'cha yurilib, aholi murojaatlari o‘rganildi
Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashining 2-"Bektepa'" saylov okrugi deputati B.Yo'ldoshev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov tomonidan "Bektepa" mahallasida deputatlik nazorati doirasida navbatdagi Ko'chama -ko'cha o‘rganish tadbirlarini amalga oshirdi.
O‘rganishlar mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan 24 ta tavsiya asosida tashkil etildi. Xonadonlarga tashrif davomida fuqarolarning bandligi, tomorqadan samarali foydalanish holati, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning yashash sharoiti, kommunal xizmatlar sifati, ichimlik suvi, elektr energiyasi, yo‘l va obodonlashtirish bilan bog‘liq masalalar hamda mahallada olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari yuzasidan fikr va mulohazalar tinglandi.
Ko‘chama-ko‘cha o‘rganish yakunida aniqlangan barcha muammolar deputatning murojaatlar jurnaliga qayd etildi. Har bir murojaat yuzasidan mas’ul idora va tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berish, ularning ijrosini deputatlik nazorati asosida monitoring qilib borish hamda fuqarolarni qanoatlantiradigan yechimga erishish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi.