️Xalq deputatlari tuman Kengashining Ekologik partiyadan saylangan deputatlik guruhi a’zolari tuman tibbiyot birlashmasida bo‘lib, aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilishi holatini o‘rgandilar.
♻️O‘rganish davomida tibbiyot muassasasida bemorlarga yaratilgan sharoitlar, shifokorlar tomonidan ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, dori-darmon ta’minoti hamda murojaatlar bilan ishlash jarayonlari ko‘zdan kechirildi.
♻️Deputatlar aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga zarur tavsiya va takliflar berib, aholiga sifatli hamda o‘z vaqtida tibbiy xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash ustidan deputatlik nazorati izchil davom ettirilishini ta’kidladilar.