35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Muammolar joyida o‘rganilmoqda: Deputat aholi xonadonlarida

Muammolar joyida o‘rganilmoqda: Deputat aholi xonadonlarida

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashiga 24-“Bobotog‘” saylov okrugidan O‘zLiDeP fraksiyasi a’zoligiga saylangan deputat Jahongir Hasanov o‘z okrugiga qarashli “Tolto‘g‘ay” MFYda istiqomat qiluvchi fuqarolarning murojaatlarini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.

"Mahallabay" tizimi asosida tashkil etilgan ushbu o‘rganishlar davomida xalq vakili har bir murojaat ortida inson taqdiri va muayyan oilaning hayotiy ehtiyojlari turganini inobatga olib, muammolarni bevosita joyida ko‘zdan kechirdi.