Новости

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Akbarova hamda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zosi, deputat S.Azizov tomonidan saylov okrugida fuqarolar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi PQ–406-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining KQ–35–V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya ijrosini ta’minlash doirasida tashkil etildi.

Muloqot davomida hudud aholisi bilan ochiq suhbat olib borilib, fuqarolarning murojaatlari, taklif va tashabbuslari tinglandi. Saylovchilar tomonidan bildirilgan masalalar atroflicha o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar deputatning “Ko‘cha aylanish daftari”ga belgilangan tartibda qayd etilib, ularning ijrosi yuzasidan nazorat o‘rnatildi. Aniqlangan masalalarni hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish belgilandi.

Shuningdek, uchrashuv davomida deputatlik nazoratini samarali tashkil etish, aholi bilan doimiy aloqani mustahkamlash, joylarda mavjud muammolarni aniqlash va ularning qonuniy yechimlarini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan saylovchilar bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazish, muammolarni joyiga chiqib o‘rganish hamda fuqarolar murojaatlari ijrosini ta’minlash borasidagi ishlar bundan buyon ham davom ettiriladi.

Slide 1 of 5