#Deputat_sorovi_javobi
Kasimova Saodat Shirinbayevnaning deputatlik so‘roviga tuman elektr tarmoqlari UKboshlig‘i B.Ulug‘murodovgadan javob olindi.
Boshqo‘rg‘on mahallasida elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash yuzasidan yuborgan deputatlik so‘rovi bo‘yicha tegishli tashkilot tomonidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
O‘rganish natijasida mahalla hududidagi transformator punkti yuqori yuklama bilan ishlayotgani hamda elektr uzatish havo tarmoqlari eskirgani aniqlandi.
Tegishli tashkilotning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilishga qaratilgan qaroriga muvofiq, 2027-yil IV chorak yakuniga qadar Boshqo‘rg‘on mahallasidagi elektr ta’minoti tarmoqlari va transformator punktini modernizatsiya hamda rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|