Новости

Последние новости

SAYLOVCHILAR MUROJAATI ASOSIDA DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 16-“Bodomtepa” saylov okrugidan saylangan deputat Ashirmatova Xurshida Soliyevna tomonidan o‘zi saylangan okrugdagi “Quruqsoy” MFY saylovchilari bilan o‘tkazilgan uchrashuv va muloqotlar davomida aholi tomonidan aytilgan muammolar yuzasidan “Toshkent viloyati suv ta`minoti” AJ Parkent tumani filiali boshlig‘i A.Ermatovga 26-ds-485-26-son deputat so‘rovi yubordi.Deputat so‘rovida “Quruqsoy” MFY hududidagi “Diyonat”, “Zarangsoy” va “Shifokorlar” ko‘chalarida ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammolar mavjudligi, avval ushbu hudud aholisiga haftaning uch kunida maxsus avtotransport vositalari orqali ichimlik suvi yetkazib berilgani, biroq hozirgi kunga kelib mazkur suv tashuvchi maxsus mashinalar qatnovi to‘xtab qolgani, natijada aholi ichimlik suvi o‘rnida kanal va quduq suvlaridan foydalanishga majbur bo‘layotgani aytilgan.Shuningdek fuqarolar tomonidan ushbu holat oqibatida, ayniqsa bolalar o‘rtasida ichak yuqumli kasalliklari ko‘payayotgani haqida aytib o‘tilgan. Hududda ichimlik suvi ta’minotida uzoq vaqtdan buyon uzilishlar kuzatilayotgani aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgani qayd etilgan.Shu munosabat bilan deputat so‘rovida mazkur muammoni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan choralar, maxsus suv tashuvchi transport vositalari qatnovining to‘xtatilish sabablari hamda aholini barqaror ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha rejalashtirilgan ishlar haqida amaldagi qonunchilikda belgilangan muddatlarda asoslantirilgan yozma ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.  

Slide 1 of 2