Новости

Последние новости

DEPUTAT VA TASHKILOTLAR HAMKORLIGI: MUAMMOLAR YECHIMI YO‘LIDA

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi deputatlariga ijro organlari tashkilotlari biriktirilishi doirasida 6-“Yoshlik” saylov okrugi deputati Sobirjon Allayarov Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Tuproqqal’a tuman bo‘limi boshlig‘i Uchqun Ismoilov bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida tashkilot faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari, mavjud masalalar va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Deputat tomonidan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati doirasida fuqarolarning kundalik murojaatlarini hal etishda Pensiya jamg‘armasi bilan hamkorlik samarali yo‘lga qo‘yilgani ta’kidlandi. Aholining pensiya masalalariga oid murojaatlari amaldagi tartibda ko‘rib chiqilib, zarur tushuntirish va amaliy yordamlar berib kelinmoqda.

Hamkorlikni yanada mustahkamlash, aholi manfaatlarini ta’minlash yo‘lidagi ishlar davom ettiriladi.

Slide 1 of 1