Новости

Последние новости

#Deputat_nazorati

Xalq deputatlari Angren shahar Kengashi deputati, Oʻzbekiston ekologik partiyasi aʼzosi Z.Shamsiddinov hamda tomonidan 2015-yil 29-dekabrdagi “Veterinariya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 397-son talablari ijrosi yuzasidan Toshkent viloyati Angren shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi faoliyati oʻrganildi.

Oʻrganish davomida veterinariya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, hayvonlar salomatligini muhofaza qilish, profilaktik tadbirlarning olib borilishi, mavjud sharoitlar hamda sohaga oid hujjatlar yuritilishi koʻzdan kechirildi.

Shuningdek, mutasaddilar bilan sohaga oid mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan fikr almashilib, qonunchilik ijrosini taʼminlash boʻyicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 1