Новости

Последние новости

янв.21
Turkmanistonlik investorlar Jondor tumanida istiqbolli loyihalarni amalga oshiradi
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan bepul birlamchi huquqiy yordam sifati o‘rganildi
янв.21
"Ziyo almashing" loyihasi doirasida mo‘jaz kutubxona tashkil etildi
янв.21
FHDYO organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatilishi holati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy soha obyektlaridagi qurilish-montaj ishlari o‘rganildi
янв.21
#munosabat
янв.21
Favqulodda holat to‘g‘risidagi Qonun mazmun-mohiyati aholi o‘rtasida targ‘ib qilindi
янв.21
Davlat investitsiyasi hisobidan barpo etilayotgan ijtimoiy obyektlardagi qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
#munosabat
янв.21
Deputat va saylovchilar uchrashuvida dolzarb masala yechim topdi
MAHALLIY BYUDJET DAROMADLARI VA SOLIQ TUSHUMLARI HOLATI O‘RGANILDI.

 MAHALLIY BYUDJET DAROMADLARI VA SOLIQ TUSHUMLARI HOLATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashining 4-Abdulxamid Majidiy saylov okrugi deputati N.Xakimov tomonidan shahar mahalliy byudjeti daromadlari bajarilishi holati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalliy byudjet daromadlarining ijrosi, daromad prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishi hamda qo‘shimcha rezerv manbalarini aniqlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida byudjetga hisoblangan mablag‘lar hamda amalda tushgan to‘lovlar holati, mavjud ko‘rsatkichlar va ularning ijrosi yuzasidan mas’ullar bilan muhokamalar olib borildi.

Ayniqsa, soliq qarzdorligini kamaytirish, tushumlarni o‘z vaqtida undirish, qo‘shimcha imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda byudjet barqarorligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mutasaddilar bilan bo‘lib o‘tgan muloqot davomida mavjud muammolar, ularni bartaraf etish choralari hamda byudjet daromadlarini oshirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash, byudjet tushumlarini ko‘paytirish va soliqlar yig‘iluvchanligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Mahalliy byudjet daromadlarini barqaror ta’minlash va hudud rivojiga xizmat qiluvchi manbalarni kengaytirish — doimiy nazoratda.

Slide 1 of 6