Новости

Последние новости

янв.21
Turkmanistonlik investorlar Jondor tumanida istiqbolli loyihalarni amalga oshiradi
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan bepul birlamchi huquqiy yordam sifati o‘rganildi
янв.21
"Ziyo almashing" loyihasi doirasida mo‘jaz kutubxona tashkil etildi
янв.21
FHDYO organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatilishi holati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy soha obyektlaridagi qurilish-montaj ishlari o‘rganildi
янв.21
#munosabat
янв.21
Favqulodda holat to‘g‘risidagi Qonun mazmun-mohiyati aholi o‘rtasida targ‘ib qilindi
янв.21
Davlat investitsiyasi hisobidan barpo etilayotgan ijtimoiy obyektlardagi qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
#munosabat
янв.21
Deputat va saylovchilar uchrashuvida dolzarb masala yechim topdi
Yoshlar maslahat guruhi a’zolari dasturlar ijrosini o‘rganishda ishtirok etmoqda

Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi kotibiyati mudiri B. Qorajonov hamda Kengash huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Gʻulomjon Jonzoqov Vazirlar Mahkamasining 665-sonli qarori ijrosi doirasida Nurafshon mahalla fuqarolar yig‘inining Bolg‘oli qishlog‘ida amalga oshirilayotgan ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlarini o‘rgandilar. O‘rganish jarayonida hududdagi ichki yo‘llarning ta’mirlanish holati, qurilish ishlarining sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Yoshlar maslahat guruhi a’zolarining bunday o‘rganishlarda ishtirok etishi davlat dasturlari ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, yoshlarning fuqarolik pozisiyasini mustahkamlash hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish jarayonlarida ularning faol ishtirokini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 4