35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Qonun ustuvorligi va xavfsizlik masalalari doimiy nazoratda

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda yangi qabul qilinayotgan qonunlar mazmun-mohiyati, joylarda targ‘iboti, ijrosini samarali tashkil etish muhokama qilindi.

📌 Jumladan:
🔹 bola huquqlari kafolatlarini kuchaytirish hamda tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarni himoya qilish tizimini takomillashtirish;
🔹 Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar;
🔹 iqtisodiy va ma’muriy sudlarga murojaat qilishda fuqarolar hamda tadbirkorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan o‘zgartirishlar;
🔹 giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan bog‘liq noqonuniy muomalalar uchun javobgarlikni kuchaytirishga oid qonunlar.

✅ Doimiy komissiya tomonidan mazkur qonun mazmun-mohiyatini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish, ijrosini ta’minlash, tashkilotlar faoliyatini nazorat qilish vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 2