Новости

Xalq manfaatlari — doimiy e’tiborda!

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga saylangan deputat Sh. To‘raqulova, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat U. Raximjonov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A. Utegenovlar tomonidan O‘zbekobod mahallasidagi savdo do‘konlarida aholi iste’moli uchun eng zarur oziq-ovqat mahsulotlari narx-navosi va mahsulotlar yetarliligi o‘rganildi.

Monitoring davomida mahsulotlar sifati, narxlarning barqarorligi hamda aholiga qulay sharoitlarda xizmat ko‘rsatilishiga alohida e’tibor qaratildi.

✅ Xalq bilan muloqot
✅ Narx-navoni nazorat qilish
✅ Aholi manfaatlarini himoya qilish — ustuvor vazifa!

Slide 1 of 4