Новости

E’tibor va g‘amxo‘rlik — inson qadri uchun muhim mezon

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga saylangan deputat I. Kodirova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A. Utegenov O‘rikzor mahallasida bo‘lib, nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishini o‘rgandilar.

Xususan, xonadonida 1-guruh nogironligi bo‘lgan hamda boquvchisini yo‘qotgan oilalarning yashash sharoitlari atroflicha ko‘zdan kechirildi. Tashrif davomida fuqarolarning murojaat va muammolari tinglanib, ularga amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek, “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan ana shunday oilalarning uy-joylarini ta’mirlash ishlari rejalashtirilgani alohida ta’kidlandi. 🤝

Slide 1 of 4