Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati N.Abduraxmonov tomonidan yuborilgan deputatlik so‘rovi asosida “Xosiyatli” mahallasida yashovchi fuqaro D.Chamishyeva holati o‘rganildi.
📝Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lib, uning qaramog‘ida 3 nafar voyaga yetmagan farzandlari mavjud. Shu bilan birga, u oilaviy daromadini oshirish maqsadida tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagini bildirgan.
✅Mazkur holat inobatga olinib, fuqaroni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Yashnobod tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha maslahatlar berish, zarur hujjatlarni rasmiylashtirishda ko‘maklashish hamda bandligini ta’minlashga qaratilgan amaliy yordam ko‘rsatilmoqda
🔹 Deputatlik nazorati doirasida aholi murojaatlari asosida manzilli ishlar olib borilmoqda.