Новости

Nuroniylar holidan xabar olindi

Nuroniylar holidan xabar olindi

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Yuldashbek Ibragimov hamda Yunusobod tumani imom-xatibi Ziyodilla Shodmonov ishtirokida Qo‘shchinor mahallasida istiqomat qiluvchi yoshi ulug‘ nuroniylar holidan xabar olindi.

Uchrashuv davomida nuroniylar bilan samimiy suhbat o‘tkazilib, ularning turmush sharoiti, salomatligi va kundalik ehtiyojlari bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatilib, mahallada keksalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning hayotiy tajribasidan yoshlar tarbiyasida samarali foydalanish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Bunday tashriflar keksa avlod vakillariga e’tibor va g‘amxo‘rlikni yanada kuchaytirish, mahallalarda mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 1