Новости

Deputatlik nazorati

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga 5-Paxtaorol saylov okrugidan saylangan deputat Alimov Farxod Fayzullayevich va tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Shoymardonovlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi “Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-141-son Qarori ijrosining ta’minlanishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tumandagi “Madaniyat” mahallasiga borib, o‘rganishlar olib borishdi.

Hozirgi kunda “Madaniyat” MFYda quyidagi qurilish-ta’mirlash ishlari bajarilmoqda.

- 11,855 km asosiy va ichki yo‘llarni asfaltlashtirish ishlari bo‘yicha, yer tekislash ishlari - to‘liq, 6,5 km toshlash ishlari bajarilgan.

- 2,8 km piyodalar yo‘lakchasi qurish va energiya tejovchi tungi yoritish chiroqlari bilan jihozlash bo‘yicha, obyektda qurilish montaj ishlari olib borilmoqda.

- Mahallada elektr ta’minoti tizimini yaxshilash uchun 238 ta aporalar to‘liq o‘rnatilgan, transformatorlar olib kelingan.

- Toza ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash bo‘yicha suv quvurlari o‘rnatilib, ishlar yakunlanish arafasida.

O‘tkazilgan deputatlik nazorati natijasiga ko‘ra mutasaddilarga ishlarning sifatli, muddatida amalga oshirish bo‘yicha tegishli qo‘shimcha ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 4