Новости

Korrupsiyaga qarshi kurashish — ustuvor vazifa

🔹Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati Sh.Tagayeva tomonidan “Inson” ijtimoiy xizmatlari tuman bo‘limi xodimlari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida uchrashuv yig‘ilishi tashkil etildi.

🔹Yig‘ilish davomida deputat tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvarda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-419-sonli Qonunining mazmun-mohiyati, uning asosiy tamoyillari va amaliyotdagi ahamiyati batafsil tushuntirib o‘tildi.

🔹Shuningdek, korrupsiyaning oldini olish, uning salbiy oqibatlarini bartaraf etish, jamiyatda qonuniylik va shaffoflikni ta’minlash borasidagi dolzarb vazifalar haqida so‘z yuritildi.

🔹Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan mavzu yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, savollarga atroflicha javoblar berildi. Uchrashuv ochiq muloqot tarzida o‘tib, sohada hal etilishi lozim bo‘lgan masalalar muhokama qilindi.

🔹Mazkur tadbir aholi o‘rtasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, shuningdek, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2