Новости

Aholi salomatligi va qulayligi — diqqat markazida

♿️ Aholi salomatligi va qulayligi — diqqat markazida

Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi raisi A.Zikiryayev tashabbusi bilan “Barlos” MFY hududida yangidan qurilgan “Turon” oilaviy shifokorlik punkti (OSHP) binosida aholi uchun qo‘shimcha qulaylik yaratildi.

Bino kirish qismiga harakatlanishi cheklangan fuqarolar hamda bolalar aravachalari uchun xavfsiz va zamonaviy pandus o‘rnatildi.

Ushbu tashabbus tibbiy xizmat maskanining barcha uchun ochiqligini ta’minlash hamda fuqarolarning murojaatlari va ehtiyojlarini tezkor hal etish maqsadida amalga oshirildi.

✅ Inson qadri uchun!

Slide 1 of 2