Новости

Deputatlar saylovchilarga axborot berdi

💠O‘zLiDeP partiyasidan saylangan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengashi deputati I.Palvanov hamda Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatlari S.Jumamuratova, Y.Axmedov va M.Kazakov Beruniy nomli MFY saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

💠Uchrashuv davomida deputatlar o‘z faoliyati yuzasidan hisobot berib, hududdagi mavjud muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda sessiyalarda ko‘rib chiqilgan dolzarb masalalar haqida batafsil ma’lumot taqdim etdilar.

💠Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi uchun qabul qilingan qaror va farmoyishlarning mazmun-mohiyati, aholi uchun yaratilayotgan imtiyozlar hamda olib borilayotgan islohotlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

💠Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tib, saylovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Slide 1 of 8