Новости

DEPUTAT MAHALLADA

O‘zbekiston LiDeP partiyasidan saylangan Хalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati Q.Safarovning “Po‘loti” MFYda saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning ‘mahalla yettiligi’ bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida tashkil etildi.

Uchrashuvda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining dolzarb muammolarini o‘rganish hamda ularni bosqichma-bosqich hal etish masalalari muhokama qilindi. Fuqarolarning murojaatlari tinglanib, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va tegishli tartibda hal etish bo‘yicha tuman hokimining o‘rinbosari X.Bafoyev nomiga 10.04.2026 yil 39-ds-275-26-sonli deputat so‘rovi yuborildi.

Slide 1 of 5