Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 4-Dalmun saylov okrugidan saylangan deputat O.Sherovning “Dalmunobod” MFY binosida saylovchilar bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi. Uchrashuvda Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Norov va R.Murodovlar ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida deputatlar faoliyatining eng muhim yoʻnalishlari boʻyicha profilaktika inspektorining hududda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni olidini olish yuzasidan hisoboti eshitilib, fuqarolar murojaatlari tinglandi.
Aholi murojaati bo‘yicha 02.04.2026 yil tuman hokimining birinchi o‘rinbosari U.Fayzulloyev nomiga 35-ds-275-26-sonli deputat so‘rovi yuborildi.