Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashi raisi Baxtiyor Olimovich Abdullayev boshchiligida hududlarda korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida tizimli o‘rganishlar olib borildi.
📍 Jumladan, Yangiariq tumani davlat soliq inspeksiyasi faoliyati o‘rganilib, unda shaffoflikni ta’minlash, soliqlarni undirish jarayonlari, tadbirkorlar bilan ishlash hamda xizmatlar ko‘rsatish sifati tahlil qilindi.
🔎 O‘rganishlar davomida:
korrupsion holatlarning oldini olish mexanizmlari;
fuqarolar va tadbirkorlar bilan ochiq muloqot darajasi;
davlat xizmatlari ko‘rsatishda shaffoflik va qonuniylik tamoyillariga rioya etilishi
atroflicha ko‘rib chiqildi.
📝 Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berilib, tizimni yanada takomillashtirish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.
✅ Mazkur o‘rganishlar davlat organlari faoliyatida ochiqlikni kuchaytirish, fuqarolarning ishonchini mustahkamlash hamda hududlarda sog‘lom ijtimoiy muhitni ta’minlashga xizmat qiladi.