Новости

Последние новости

янв.21
#162_ta_qonun 📌 Xodimlarning mehnat faoliyati davridagi huquqlari va manfaatlari deputat nazoratida
янв.21
#162_ta_qonun 📌 Xususiy mulk va mulkdorlar huquqlarini himoya qilish sohasidagi qonunchilik ijrosi deputat nazoratida
янв.21
#ish_reja 📋 Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining 2026-yil 15–19-iyun kunlariga mo‘ljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
#sessiya #Kengash_qarori 🛣 Qoraqo‘yli mahallasida ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi
янв.21
#sessiya #kengash_qarori 📌 Sanitariya-gigiyena tizimini yaxshilash masalasi Kengash nazoratida
янв.21
#ish_reja_ijrosi 📌 Kengash qarorlari ijrosi va deputatlik nazorati tadbirlari muhokama qilindi
янв.21
#Ekspert_guruh Kengash huzuridagi Ekspert guruhi qanday shakllantiriladi?
янв.21
#ish_reja_ijrosi 📌 Ichimlik suvi, sanitariya va chiqindilar bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
#Ekspert_guruh Kengash huzuridagi Ekspert guruhining vazifalari nimalardan iborat?
янв.21
#deputat_sorovi #123_ds_369_26 📌 Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik masalasi deputat nazoratida
Qaror ijrosi deputatlar tomonidan joyida o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 2026-yil 28-martdagi VII-19-28-11-166-K/26-sonli qarori ijrosi yuzasidan navbatdagi o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

O‘rganishda Kengash kotibiyati mudiri A.Nosirov, kotibiyat bosh mutaxassisi A.Adxamov hamda “Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha” doimiy komissiya a’zolari ishtirok etdilar.

Ishchi guruh tomonidan Ashirqulmergan MFY, Mustaqillik ko‘chasi, 48-uyda yashovchi fuqaro R.Mirzayeva xonadoniga tashrif buyurilib, mazkur qaror asosida olib borilayotgan uy-joyni ta’mirlash ishlari holati joyida o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktor o‘rinbosari I.Karimov tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tegishli hujjatlar va ma’lumotlar taqdim etildi.

Deputatlar tomonidan:
Qurilish-ta’mirlash ishlarining sifati;
Belgilangan muddatlarda bajarilishi;
Qurilish materiallari bilan ta’minlanganlik darajasi;
Ishlarning amaldagi talab va me’yorlarga muvofiqligi atroflicha ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida fuqarolar bilan ham suhbat o‘tkazilib, bajarilayotgan ishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad aholining turmush sharoitlarini yaxshilash va munosib yashash muhitini yaratish ekani ta’kidlandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi tomonidan qarorlar ijrosi ustidan deputatlik nazorati tizimli ravishda davom ettirilmoqda. Fuqarolar manfaatlariga daxldor har bir loyiha va ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi doimiy nazoratda bo‘lib qoladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4