Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Nasiba Jurakulovna Xakimova tomonidan Ishtixon tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi boshlig‘i G‘.Abdumuratovga deputat so‘rovi yuborildi.
Deputat so‘rovida O‘zbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi doirasida hududiy dasturlarni ishlab chiqish va ularni Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tasdig‘iga kiritish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.
Shuningdek, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni mustahkamlash, aholi salomatligini muhofaza qilish, yuqumli kasalliklarning oldini olish hamda hududlarda sog‘lom sanitariya muhitini yaratish borasida ishlab chiqilgan yo‘l xaritasi, chora-tadbirlar rejasi va istiqboldagi vazifalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish talabi ilgari surilgan.
✅ Hududiy dastur ishlab chiqilishi;
✅ Sanitariya nazoratini kuchaytirish;
✅ Yuqumli kasalliklar profilaktikasini takomillashtirish;
✅ Aholi salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni kengaytirish;
✅ Sog‘lom va xavfsiz muhit yaratish masalalari deputat so‘rovida alohida ko‘tarilgan.
📍 Deputat so‘rovida ko‘tarilgan masalalarning ijrosi va natijadorligi yuzasidan jamoatchilik nazorati davom etadi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm | Web-sayt | Facebook | Instagram