#jarayon
#Hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurash holati, ayniqsa qizil va sariq hududlarda jinoyatchilikni bartaraf qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar holati o‘rganildi
📍Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashining 24-O'rtasaroy saylov okrugi deputati G.Mirbaboyeva nomidan tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov, bosh mutaxassis Sh.Eshovlar ishtirokida "O'rtasaroy" MFYda faoliyat yuritayotgan profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi.
🖋O‘rganish jarayonida profilaktika inspektori tomonidan hududda jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, fuqarolar o‘rtasida huquqiy targ‘ibot ishlarini olib borish, ayniqsa “qizil” va “sariq” toifaga kiritilgan hududlarda vaziyatni barqarorlashtirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilindi.
✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube