Новости

Последние новости

янв.21
#96_ta_qonun ✅ ✅ Zartepa mahallasida xotin-qizlarni himoya qilishga doir qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
#96_ta_qonun 🎓 Maktabda bola huquqlarini himoya qilishga doir qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
#sessiya 🚔 Yo‘l harakati xavfsizligi masalasi Kengash nazoratida
янв.21
#sessiya #Kengash_qarori 👍 “Shayxislom” mahallasida 5 mlrd so‘mlik loyiha amalga oshiriladi
янв.21
#sessiya #Kengash_qarori 👍 “Odil” mahallasida “Taraqqiyot va yetakchilik maskani” barpo etiladi
янв.21
#ekspert_guruh 👨‍💼 Ekspert guruhi tomonidan navbatdagi ishchi uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
#sorov_ijrosi ➕ 15-son oilaviy poliklinika qurilishi 75 foizga bajarildi
янв.21
#sessiya #Kengash_qarori 👍 “Safaxo‘ja” mahallasida 3 mlrd so‘mlik loyiha amalga oshiriladi
янв.21
#96_ta_qonun 🎮 Deputat tomonidan qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
#sorov_ijrosi ➕ “Mitan” hududiy filialidagi oqova suv tarmog‘i ta’miri yakuniy bosqichda
#kotibiyat_mudiri 🎓 Ishtixon tumanida 31-umumiy o‘rta ta’lim maktabida olib borilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi.

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi kotibiyat mudiri N.Kiyamov tomonidan Ishtixon tumani “Yo‘g‘ontepa” MFY hududida joylashgan 31-umumiy o‘rta ta’lim maktabida olib borilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi.

Mazkur loyiha doirasida qo‘shimcha 300 o‘rinli yangi o‘quv bino qurilishi ishlari quruvchi tashkilot — “TURON LOYIHA” MCHJ tomonidan boshlab yuborilgan.

Ushbu loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi “2026–2028-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-393-sonli Qarori asosida amalga oshirilmoqda.

O‘rganish davomida kotibiyat mudiri N.Kiyamov quruvchi tashkilot mas’ullariga qurilish jarayonida loyiha bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelganda Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi bilan doimiy hamkorlikda ishlash zarurligini ta’kidladi.

🏗 Mazkur loyiha yakunida ta’lim muassasasining o‘quv quvvati kengaytirilib, o‘quvchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratilishi rejalashtirilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 4