Новости

Последние новости

янв.21
#24_ta_masala 📌 Xonaqa mahallasidagi ichki ko‘chalar holati o‘rganildi
янв.21
📊 Mahalliy Kengashlar faoliyati tanqidiy-tahliliy ruhda sarhisob qilindi
янв.21
#24_ta_masala 📌 Bo‘ston mahallasida “Og‘ir” mahallalar dasturi doirasidagi loyihalar o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala 📌 Bo‘ston mahallasida yangi oilaviy poliklinika binosi qurilishi o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala 📌 Shayxlar mahallasida mahalla raisi faoliyati va hududni rivojlantirish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala 📌 Qoraqo‘yli mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
#24_ta_masala Mahalladagi xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
#96_ta_qonun Xotin-qizlar manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala Deputatlik nazorati natijasi: “Polvon ota” qabristonida ta’mirlash ishlari yakunlandi
янв.21
#96_ta_qonun 🎮 Qonun ijrosi o‘rganildi: yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish ishlari tahlil qilindi
“Yashil makon” loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbiri o‘tkazildi

Zarbdor tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida navbatdagi ko‘chat ekish tadbiri uyushqoqlik bilan amalga oshirildi. Tadbir doirasida tumanimizning Yangiobod mahallasiga 2000 dan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. Mazkur ko‘chatlar mahalla hududining yanada obod va ko‘rkam bo‘lishiga xizmat qiladi.

Ushbu ezgu tashabbus:

  • tumanimizda ekologik muhitni yaxshilashga;
  • aholi o‘rtasida tabiatga e’tibor va mehr-muhabbat tuyg‘ularini kuchaytirishga;
  • yashil hududlar barpo etish orqali zamonaviy va qulay muhit yaratishga xizmat qiladi.

Tadbirda Zarbdor tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori, deputat Z. Mullajonov ham ishtirok etdi.

Tabiatni asrash va ko‘kalamzorlashtirish borasidagi bunday amaliy ishlarda har bir yurtdoshimizning faol ishtiroki muhim ahamiyat kasb etadi. 

Slide 1 of 4