Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi deputatlari O.Aliqulov
va G.Qorayevalar o‘z saylovchilari bilan uchrashdi. “Shodlik” mahallasi
hududida joylashgan 7-sonli DMTT faollar zalida bo‘lib o‘tgan muloqotda saylovchilarga II chorakdagi faoliyatlari
haqida axborot berdilar.
Uchrashuvda saylovchilar tomonidan “Shodlik” MFY Besh
yuz qishlog‘ida istiqomat qiluvchi fuqaro Tuyakov Abdurashid ichki yo‘llarni
asfalt qilish, yangi qurilgan uylarga elektr simyog‘ochlar (10 dona) o‘rnatish,
“Shodlik” MFY markazida istiqomat qiluvchi fuqaro Xakimov Abduali aholi
tomorqasiga keluvchi oqar suv tizimni yaxshilash, “Shodlik” MFY Uch tom aholi
yashash punktida istiqomat qiluvchi fuqaro Irisaliyev Anorboy uchatkaga o‘tish
uchun ko‘prik qurish masalalarida murojaatlar tushdi. Mazkur masalalar
yuzasidan deputatlar tegishli mas’ullar bilan gaplashib keying uchrashuvlarda
axborot berishga kelishdilar.