❗️Deputat so‘rovida "Yashnobod" MFY aholisi bilan o‘tkazilgan uchrashuv davomida kommunal soha faoliyati yuzasidan qator e'tiroz va murojaatlar bildirilgani qayd etilgan. Xususan, ko‘p qavatli uylar atrofi va umumiy hududlarni tozalash ishlari, yashil hududlarni parvarishlash hamda aholi murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirish masalalari ko‘tarilgan.
📝 Shu munosabat bilan deputat tomonidan mutasaddi tashkilotlardan holatni o‘rganish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash bo‘yicha zarur choralar ko‘rish so‘raldi.
✅ Deputat so‘rovining ijrosi va ko‘rilgan chora-tadbirlar deputatlik nazoratiga olingan.