Новости

Последние новости

XALQ MANFAATLARI YO‘LIDA AMALIY QABUL

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati S.Babayarova tomonidan tumandagi Nurdum mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Qabul davomida mahalla aholisi tomonidan yo‘llangan murojaatlar tinglanib, har bir masala atroflicha o‘rganildi. Deputat murojaatlar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar va mas’ullar bilan muloqot olib borib, ayrim masalalarni joyida hal etish choralarini ko‘rdi.

Shuningdek, fuqarolarga murojaatlari bo‘yicha huquqiy tushuntirish va amaliy tavsiyalar berildi.

Bunday ochiq muloqotlar aholini qiynayotgan muammolarni bartaraf etish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 3