Новости

Последние новости

DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

Marg‘ilon shahri hududidan o‘tuvchi 4R115 “Farg‘ona - Yangi Marg‘ilon” yo‘lining 0-4 km qismida olib borilgan ta’mirlash ishlari vaqtida daraxtlarni sug‘orishga xizmat qilgan ariqlar to‘silib qolgani natijasida hududdagi ko‘p yillik daraxtlar va yashil maydonlarning suvsiz qolish holati kuzatilmoqda.

Shu munosabat bilan xalq deputatlari shahar Kengashi deputati M.Abdurahmonova tomonidan hokim o‘rinbosari M.Sotvoldiev nomiga deputat so‘rovi yuborildi.

Unda holatni o‘rganish, sug‘orish tizimini tiklash hamda daraxtlarni saqlab qolish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish yuzasidan asoslantirilgan tushuntish so‘ralgan.

Slide 1 of 1