Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi kotibiyat mudiri F. Xolmuratova hamda 15-Mustaqillik saylov okrugi deputati J. Ochilov Bobur mahallasida bo‘lib, mahalla raisi faoliyati bilan tanishdi.
🏢O‘rganish jarayonida mahallada maxsus ma’muriy bino mavjud emasligi, hozirda mahalla hududida joylashgan OSHP binosida vaqtincha faoliyat yuritilayotgani aniqlandi.
📈Shuningdek, mahalla raisi tomonidan fuqarolar bilan ishlash, murojaatlarni qabul qilish va ijtimoiy masalalarni hal etish borasida olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
✍️Mavjud sharoitlar va infratuzilma masalalarini yaxshilash, mahalla uchun alohida bino ajratish hamda faoliyat samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.