Новости

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati B.Ergasheva hududda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Ayollar va bolalar huquqlarining himoyasini kuchaytirish hamda ularga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlarining oldini olish boʻyicha qoʻshimcha tashkiliy-huquqiy choralar toʻgʻrisidagi farmoni ijrosi bilan tanishdi.

O‘rganish jarayonida hududda xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish, ularni har qanday tazyiq va zo‘ravonlikdan asrash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Xususan, profilaktika inspektorlari, xotin-qizlar faollari, ijtimoiy xodimlar hamda tegishli tashkilotlar tomonidan olib borilayotgan profilaktik tadbirlar, tushuntirish ishlari va murojaatlar bilan ishlash holati ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash, ularga huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish tizimi samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Deputat tomonidan mazkur farmon ijrosini ta’minlash, xotin-qizlar va bolalar huquqlarini ishonchli himoya qilish hamda bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha ishlarni yanada kuchaytirish zarurligi aytildi.

Ushbu masala hafta yakuni bilan doimiy komissiya muhokamasiga kiritilishi ta'kidlandi.

Slide 1 of 2