Новости

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Kotibiyat ish rejasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, xususan tuman deputatlari faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlari (KPI)ni yanada oshirish, topshiriqlarning sifatli va samarali bajarilishini ta’minlash hamda deputatlik faoliyatini takomillashtirish maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Shu doirada kotibiyat bosh mutaxassisi A.Sharopov tomonidan deputat X.Jo‘raxolov bilan uchrashuv o‘tkazilib, joriy yilning birinchi choragi davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi hamda erishilgan natijalar tahlil etildi.

🌐 Shuningdek, deputatlik faoliyatida KPI tizimidan samarali foydalanish tartibi yuzasidan fikr almashilib, natijadorlikni oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4