Turkmaniston Prezidenti tomonidan Shavkat Mirziyoyevga davlat mukofoti topshirilishi - siyosiy diplomatiyada kam uchraydigan samimiy holatning aynan o‘zi. Bu o‘ylab topilgan yoki yasama do‘stlik emas, balki strategik hamkorlikka bag‘ishlangan ishonch va eʼtirofning ifodasidir.
Bu taqdirlash ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar yangi bosqichga chiqqanini, Turkmaniston O‘zbekistonni nafaqat qo‘shni, balki siyosiy sherik sifatida ko‘rayotganini anglatadi. Bunday munosabatlar mintaqada ishonch muhitini mustahkamlashga xizmat qilishi shubhasiz.
Kelgusidagi yirik loyihalarda - transport, energetika yoki ekologiya sohasida aynan shunday o‘zaro eʼtirof va ishonch - muhim, hal qiluvchi omilga aylanadi, deb hisoblayman.
Muxabbat Adilova, Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati