35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Deputat tomonidan ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashiga Sarimoy mahallasidan saylangan deputat Ismoil Jumanazarov mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati samaradorligini o‘rgandi.

📋 O‘rganish davomida mahallada “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan 54 ta oila mavjudligi ma’lum bo‘ldi. Shundan 4 ta oilaga kommunal xarajatlarni qoplash uchun moddiy yordam ko‘rsatilgan.

🤝 “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi orqali 7 ta oilaga oziq-ovqat mahsulotlari, 2 ta oilaga esa kiyim-kechak yetkazib berilgani qayd etildi.

♿️ Nogironligi bo‘lgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida fuqaro Dilmurod Amandurdiyevga nogironlik aravachasi, fuqaro Esenov Yesenga esa maxsus matras topshirilgan edi.

✅ Deputat tomonidan mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 1